Maxfiylik siyosati
Ro'yxatdan o'tishda telefon raqami va ismingizni; ruxsat bersangiz joylashuvingizni (yaqin stadionlarni ko'rsatish uchun); qurilma turi va OS ma'lumotlarini; buyurtmalar tarixi hamda to'lov tranzaksiyalari yozuvlarini yig'amiz. Parol va PIN-kod faqat qaytarilmas hash ko'rinishida saqlanadi.
Band qilishlarni amalga oshirish, SMS tasdiqlash kodlari va bildirishnomalar yuborish, qo'llab-quvvatlash ko'rsatish, firibgarlikning oldini olish va xizmatni yaxshilash uchun ishlatamiz. Ma'lumotlaringizni reklama maqsadida uchinchi tomonlarga sotmaymiz.
Ma'lumotlar himoyalangan serverlarda saqlanadi va faqat zarur muddat davomida ushlab turiladi. Parollar hech qachon ochiq ko'rinishda saqlanmaydi; to'lov kalitlari kabi sirlar shifrlangan holda saqlanadi va hech qachon oshkor qilinmaydi.
Akkauntingizni ikki yo'l bilan o'chirishingiz mumkin: (1) ilova ichidan — Profil bo'limidagi «Akkauntni o'chirish» orqali, SMS kod bilan tasdiqlagach so'rov darhol bajariladi; (2) ushbu saytdagi «Akkauntni o'chirish» sahifasi orqali — telefon raqam va sababni yuborasiz, moderator raqam egasini tekshirib so'rovni bajaradi.
O'chirilganda profil ma'lumotlari (ism, telefon raqam, rasm, PIN va parol) qaytarib bo'lmaydigan tarzda anonimlashtiriladi va telefon raqamingiz bo'shaydi — xohlasangiz keyinroq qayta ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Buyurtmalar tarixi va to'lov yozuvlari qonun talablari bo'yicha saqlanadi, lekin ular sizning shaxsingizdan butunlay ajratiladi.
To'lovlar uchun Click va Payme; SMS yuborish uchun Eskiz; xarita uchun Yandex MapKit yoki OpenStreetMap; push-bildirishnomalar uchun Google (FCM) va Apple (APNs) xizmatlari ishlatiladi. Bu xizmatlar o'z maxfiylik siyosatiga ega.
Maxfiylik bo'yicha savollar uchun: support@maydonchi.uz · +998 71 200 70 07